Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lgan vaqtda undan qutilishga urinish bo‘lganini so‘zlab berdi. Uning aytishicha, Eron prezidentining Toshkentga tashrifi arafasida «kichkina bo‘lmagan odamlar» uni ishdan bo‘shattirish uchun Mirzo Ulug‘bek haykalining kallasini kesib tashlashgan.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Alisher Qodirov saylovda o‘ziga bitta Shavkat Mirziyoyevni raqib sifatida ko‘rishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuvda viloyatda 450 mingta ish o‘rni yaratish orqali kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish eng ustuvor vazifa ekanligini aytdi. U Narpay tumani misolida viloyatda ishsizlik va kambag‘allikka barham berish bo‘yicha rejalarni ma’lum qildi. Tumanning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, 12 ta mahallada quruvchi, chilangar, qandolatchilik, tikuvchilik, IT-soha kasblari bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitish maskanlari tashkil etiligi aytildi.
Xalq demokratik partiyasi deputati Ra’no Turdiboyeva O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘ldi. XDP axborot xizmatining “Gazeta.uz"ga ma’lum qilishicha, Ra’no Turdiboyeva 3 oy avval partiya a’zoligidan chiqqan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bir vaqtlar Toshkentda “propiska” olish azob bo‘lgani, uning o‘zi ham institutda fan nomzodi bo‘lmaguncha “propiska"siz bo‘lganini esga oldi. “Bitta aybim — Toshkentda tug‘ilmaganim uchun edi. Nima degani bu? Adolat emas-ku bu”, — deya ta’kidladi u.
O‘zLiDePning prezidentlikka nomzodi Shavkat Mirziyoyev Xorazmda ham 1−4 cinf o‘quvchilariga bepul tushlik berish joriy etilishini ma’lum qildi. XDPning prezidentlikka nomzodi Maqsuda Vorisova boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul nonushtalar tashkil etilishi haqida aytdi.
Amudaryo orqali Xorazm viloyati Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik qurilishi loyihasining qiymati 174 million dollar. Prezident mazkur qurilayotgan ko‘prikni ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasidagi chiqishida «hozirgi qiyin davrda Afg‘onistonni yakkalab, uni muammolar girdobiga tashlab qo‘yish mumkin emas"ligini ta’kidladi. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, afg‘on masalasida «BMTning ta’siri va ovozi har qachongidan ham kuchliroq yangrashi lozim».
Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasi umumiy munozaralarining birinchi kunida videomurojaat bilan so‘zga chiqdi. Davlat rahbari xalqaro hamjamiyatga mintaqa va global kun tartibidagi dolzarb masalalar, BMTning zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi birgalikda chora ko‘rishdagi roli yuzasidan o‘z nuqtai nazarini taqdim etdi hamda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda kelgusi yildan boshlab 1−4 boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik berish yo‘lga qo‘yilishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda saylovchilar bilan uchrashuvda 6 ming nafar ishsiz aholi uchun, ixcham issiqxonalar qurib berilishini ma’lum qildi. Aholi tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash orqali, 12 ming fuqaroning bandligi ta’minlanadi.
Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Bugun prezident huzurida qator obyektlar qurilishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tadi. Ertaga Shavkat Mirziyoyev videoaloqa orqali BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi tantanali ochilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni hisobga olgan holda xorij banklaridagi afg‘on aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Gap avgust o‘rtasida «Tolibon» qo‘liga tushmasligi uchun AQSh tomonidan muzlatilgan Afg‘oniston Markaziy bankining milliardlab dollarlari haqida ketmoqda.
«[Afg‘onistonda] hokimiyat tepasiga yangi kuchlar keldi. Bu yuz bergan fakt», — dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida. U Afg‘onistonda gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida chet el banklaridagi afg‘on aktivlarini muzlatishni to‘xtatishni taklif etdi. Shuningdek, davlat rahbari SHHT-Afg‘oniston formatida oliy darajadagi doimiy uchrashuvlar o‘tkazishni taklif qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi. Sammit yakunida Dushanbe deklaratsiyasi qabul qilinishi va boshqa hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek SHHTga raislik O‘zbekistonga o‘tadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi. Prezidentlar bo‘lajak uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqishdi.
Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.
Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting